Surxondaryoda Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda viloyatda umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 4 ming 356 nafar o‘quvchi birinchi bosqich imtihonlarida ishtirok etdi. Saralash natijalariga ko‘ra, ularning 480 nafari ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi.
[gallery-30454]
Nomzodlar 16 guruhga ajratilgan holda belgilangan vaqt davomida test sinovlarini topshirdi. Ikkinchi bosqichda matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammolarni hal etishga oid 40 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 90 daqiqa, ingliz tili fanidan grammatika va matn bilan ishlashga oid 40 ta test topshirig‘i uchun esa 40 daqiqa vaqt ajratildi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida “Cambridge” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir Prezident maktabiga 24 nafardan, jami respublika bo‘yicha 14 ta Prezident maktabiga 336 nafar o‘quvchi qabul qilinadi
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA