Namanganda salqin muhit yaratish chora-tadbirlari kuchaytirildi
FOTOREPORTAJ
Respublika hududiga janubdan kirib kelgan issiq havo oqimi ta’sirida havo harorati yuqori darajaga ko‘tarilgan shu kunlarda Namangan shahrida aholi uchun qulay muhit yaratish va yashil hududlarni asrashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, shaharning markaziy va asosiy ko‘chalarida maxsus texnikalar yordamida belgilangan jadval asosida suv sepish ishlari tashkil etilgan. Shu bilan birga, gazonlar, daraxtlar, gulzorlar va boshqa yashil hududlarni muntazam sug‘orish ishlari olib borilmoqda.
[gallery-30463]
Mazkur ishlar Namangan shahar hokimligi hamda tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, shahardagi favvoralarning uzluksiz ishlashi ta’minlanib, bu jazirama kunlarda aholi va mehmonlar uchun salqin va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA