Superliga: "Paxtakor" o‘z uyida g‘alabani qo‘ldan chiqardi, "So‘g‘diyona" esa minimal hisobda zafar quchdi
O'yinlar keskin kurashlarga boy bo'ldi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan bahslar boshlandi.
"Paxtakor" — "Buxoro" (2:2)
Toshkentdagi uchrashuvda mezbonlar dastlabki daqiqalardan ustunlikka erishib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. 17-daqiqada Dilshod Saitov hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Stefan Chinedu oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Biroq ikkinchi bo‘limda buxoroliklar o‘yinni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishdi. 75-daqiqada Vladimir Rodich hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 83-daqiqada "sherlar" darvozaboni Sanjar Quvvatov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib, avtogol muallifiga aylandi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ushbu ochko yo‘qotishdan so‘ng, "Paxtakor" 35 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qoldi. "Buxoro" esa 27 ochko bilan 3-pog‘onani band etib turibdi.
"So‘g‘diyona" — "Andijon" (1:0)
Tur doirasidagi yana bir bahsda Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi. Keskin kurashlarga boy kechgan uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi.
Bahsning 77-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Lyupcho Doriyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Mazkur g‘alabadan keyin "So‘g‘diyona" o‘z ochkolarini 18 taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarildi. Mag‘lubiyatga uchragan "Andijon" esa 21 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.