Sud hujjatlari ijrosini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalari keng qo‘llanadi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va axborot tizimlarini takomillashtirish orqali davlat ijrochilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtiriladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi ish yurituv jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron shaklda yuritiladi.
Ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablag‘larini taqsimlash jarayonlari raqamlashtiriladi.
2026-yil 1-iyuldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan avtomototransportlar va ko‘chmas mulklar davlat ijrochisining qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
O‘zA