Squawka: Keyn «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritga aylandi
Squawka statistik portali JCH–2026 yakunidan so‘ng bukmekerlik kompaniyalari koeffitsiyentlari asosida tuzilgan reytingni e’lon qildi.
«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida baholanmoqda. Bu haqda Squawka statistik portali JCH–2026 yakunidan so‘ng bukmekerlik kompaniyalari koeffitsiyentlari asosida tuzilgan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Xarri Keynning yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilish ehtimoli 40 foizni tashkil etmoqda.
Jahon chempioni bo‘lgan «Barselona» vingeri Lamin Yamalning imkoniyati mundialdan keyin 33 foizga ko‘tarildi. Uchinchi o‘rinda esa Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri joylashgan. Uning ehtimoli 22 foiz deb baholangan.
Squawka talqiniga ko‘ra «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar:
Xarri Keyn («Bavariya», Angliya) — 40%
Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya) — 33%
Rodri («Manchester Siti», Ispaniya) — 22%
Kilian Mbappe («Real» Madrid, Fransiya) — 17%
Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina) — 9%