Tramp Ferran Torresning kepkasi haqida: «Bu hurmat ramzi»
Ferran Torres ushbu qizil rangli kepkani Ispaniya terma jamoasining JCH–2026dagi g‘alabasiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda kiygan. Kepkadagi yozuv Trampning mashhur saylovoldi shiori — «Make America Great Again»ning Ispaniyaga moslashtirilgan talqini hisoblanadi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torresning «Make Spain Great Again» («Ispaniyani yana buyuk qilamiz») yozuvi tushirilgan kepkada ko‘rinish berganiga munosabat bildirdi.
“Ajoyib futbolchi! Aslida u MAGA uslubidagi kepkani taqdi. Bu bizga nisbatan yoqimli hurmat belgisi. Menimcha, u buni eng yaxshi niyat bilan qilgan va biz buni qadrlaymiz. U katta ehtirom ko‘rsatishni istagan”, — dedi Tramp. Uning so‘zlarini jurnalist Erik Doherti X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Xabarga ko‘ra, Ferran Torres ushbu qizil rangli kepkani Ispaniya terma jamoasining JCH–2026dagi g‘alabasiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda kiygan. Kepkadagi yozuv Trampning mashhur saylovoldi shiori — «Make America Great Again»ning Ispaniyaga moslashtirilgan talqini hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Ferran Torresning bu harakati Ispaniyada keskin tanqidga uchragan. Ayrim muxlislar uni Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.
Shuningdek, Barselonada futbolchining JCH–2026dagi g‘alabasi sharafiga ishlangan grafiti ham bir necha soat o‘tib yo‘q qilingan.