Sohibqiron merosi targ‘iboti
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan hududlarda keng qamrovli ma’naviy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, viloyat mahallalariga jami ming dona kitob tarqatilib, Shahrisabz tumani “Miraki” MFY, Shahrisabz shahri “Namozgoh” MFY hamda Yakkabog‘ tumani “Xo‘jailg‘or” MFYda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida Amir Temurning boy ma’naviy merosi, davlatchilik an’analari va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida har bir hududda yuztadan kitob taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va kitobsevarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri