Slalomchilarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatlari
Xitoyda slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Qit’a birinchiligining so‘nggi kungi bahslari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Musobaqaning hal qiluvchi dasturlarida baydarkachi Jonibek Temirgaliyev kross yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Shuningdek, u klassik slalom bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Qayd etish joiz, ushbu natija mamlakatimizda suv sporti turlarini rivojlantirish, ayniqsa, slalom yo‘nalishida iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasini yana bir bor tasdiqladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA