O‘q otish sportini rivojlantirish masalasi tahlil qilindi
O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda mazkur sport turi so‘nggi yillarda sezilarli rivojlanayotgani, bu merganlarimizning Osiyo va jahon chempionatlarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida yaqqol namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi.
Mudofaa vaziri, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi Sh.Xolmuhamedov, sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Toshmatov, respublikamizning barcha hududlaridan harbiy okrug harbiy xizmatchilari, “Vatanparvar” tashkiloti vakillari, federatsiya mutasaddilari hamda murabbiylar ishtirok etgan yig‘ilish davomida hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtidorli sportchilarni saralash hamda ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi.

Bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xususan, joriy yil Yaponiyada o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish, 2028-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun zarur yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish masalalariga e’tibor qaratish lozimligi aytib o‘tildi.

Tadbir yakunida o‘q otish sporti bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar hamda ularning murabbiylari taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA