Sita Qadamboyeva Osiyo o‘yinlari oltin medaliga ega chiqdi
XX Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslari davom etmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Dzyudo bahslarida -52 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sita Qadamboyeva finalda Janubiy Koreya vakili Seyun Jang bilan raqobatlashdi va g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 15 ta oltin, 17 ta kumush va 18 ta bronzaga yetdi.
Birozdan so‘ng, -66 kilogrammgacha vazn toifasida Abdurahim Nutfulloyev mo‘g‘ulistonlik Yulk Kazirbiyevga qarshi bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA