Abdurahim polvon Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bo‘ldi
XX Osiyo o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha final bahslari o‘tkazilmoqda.
Dzyudo bellashuvlarining -66 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Abdurahim Nutfulloyev mo‘g‘ulistonlik Yulk Kazirbiyevga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi va kumush medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 16 ta oltin, 18 ta kumush va 18 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA