Seryog‘in kunlarda g‘o‘zaning o‘sishini boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
So‘nggi yillarda seryog‘in kunlar, havo haroratining o‘zgaruvchan kelishi hamda zararkunandalarning ko‘payishi g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda fermer va dehqonlar uchun ilmiy asoslangan, amaliy tavsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni maqsadda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tomonidan G‘o‘za parvarishida o‘sishni boshqaruvchi preparatlarni samarali qo‘llash hamda shira, trips va o‘rgimchakdan himoya qilish choralari bo‘yicha tavsiya ishlab chiqildi.
Mazkur qo‘llanmada g‘o‘zaning rivojlanishini jadallashtirish, hosildorlikni oshirish, biostimulyatorlardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar jamlangan.
Ushbu qo‘llanmada berilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar g‘o‘za parvarishini to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish hamda zararkunandalarga qarshi samarali kurashishda muxim dasturilamal hisoblanadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA