Sergey Fomin chorak finalda o‘ynaydi
Gruziyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida M25 toifasiga kiruvchi “Kutaisi Open” xalqaro turnirida Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarining chorak finaliga chiqdi.
Mukofot jamg‘armasi 30 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin gruziyalik Nika Bidzinashvilini 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa tennischimiz yarim final ostonasida italiyalik Aleksandr Bindaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin va Maksim Shin chorak finalda ispaniyalik Samuel de Felipe Garsiya va Jon Echeverri duetini 6:2, 6:4 hisobida yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Denis va Maksim yarim final bosqichida kiprlik Elefterios Neos va neytral tennischi Semen Pankin tandemi bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA