Najmiddinov Ikromxonga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, o‘zining fidoyiligi, faol va tashabbuskorligi bilan yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan «Nuroniy» jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi raisi, senator Najmiddinov Ikromxonga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev