Sambochilar bahsi qizg‘in o‘tdi
Poytaxtimizda sambo bo‘yicha A.V.Kochedikov xotira turniri yakunlandi. Qayd etilgan natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Rossiya vakillari birinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni sambochilarimiz egalladi. Qozog‘iston terma jamoasi esa kuchli uchlikdan joy oldi.
Musobaqa davomida Doniyor Rahmatullayev (53 kg), Baxtiyor Kaldiboyev (64 kg) va Mirzoumar Po‘latov (88 kg) o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holdi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, vakillarimizdan Azamat Turdaliyev (46 kg), Mironshoh Sharifov (71 kg) kumush, Azizbek Abduraximov (49 kg), Samariddin Xurramov (53 kg), Hayotilla Normamatov (64 kg), Doniyor Hojimamadov (71 kg), Akbarali Inoyatov (71 kg) va Bekzod Sirliboyev (+88 kg) bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA