Ruslan Abdullayev AQSHda kubalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi
AQSHning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Ruslan Abdullayev muvaffaqiyat qozondi.
Professional boksning eng yengil vazn (63,5 kg.) toifasida ringga ko‘tarilgan Ruslan Abdullayev kubalik Orestes Velazkez bilan jang o‘tkazdi.
10 raundga mo‘ljallangan bahsning 5-raundi o‘tib borayotgan bir pallada Ruslan Abdullayev o‘ziga xos kuchli zarbasi bilan raqibini texnik nokautga uchratdi va bu jang taqdirini hal qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan mahoratli bokschimizning umumiy g‘alabalari soni beshtaga yetdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA