O‘zbekistonda ZUFFA Boxing bellashuvlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov AQSHda dunyoning eng nufuzli aralash yakkakurash tashkiloti UFC prezidenti Dana Uayt bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida sport industriyasining bugungi rivojlanish tendensiyalari, professional va jangovar sport turlarini ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘z navbatida Uayt UFC tashkilotining faoliyati, sport infratuzilmasi va tashkilotning yangi rejalari haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar sport orqali yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, yirik sport loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini izchil davom ettirish lozimligini ta’kidladi hamda kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar chog‘ida O‘zbekistonda kuchli boks an’analari va jahonga mashhur sportchilar ko‘pligi e’tirof etilgan holda mamlakatimizda UFC tarmog‘idagi ZUFFA Boxing bellashuvlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA