Rossiyaliklar may oyida sayohat qilish uchun O‘zbekistonni tanlamoqda
Aviachipta sotishga ixtisoslashgan “Aviaseyls” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya, O‘zbekiston va Xitoy yaqinlashib kelayotgan may oyida rossiyaliklar uchun eng qulay dam olish maskanlari sifatida ko‘rilyapti.
-Turkiya may oyi uchun eng jozibador xorijiy yo‘nalishga aylandi: xalqaro buyurtmaning 16 foizi aynan shu davlatga to‘g‘ri kelmoqda, - deyilgan kompaniya tarqatgan xabarda. - Shuningdek, O‘zbekiston (13 foiz), Xitoy (11 foiz) va Armaniston (6 foiz)ga ham chiptalar faol ravishda band qilinyapti.
Qo‘shimcha qilinishicha, Gruziya va Belarus tegishli ro‘yxatda 5 foiz ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallagan. Tailand (4 foiz), Qozog‘iston (3 foiz), Yaponiya (4 foiz) va Italiyaga transfer reyslar (2 foiz) uchun ham chiptalar xarid qilingan.
Shuningdek, Vetnam va Serbiyaga buyurtma ham sezilarli darajada ko‘paygan.
S.Rahimov, O‘zA