Jahon moliya bozorida neft narxi 110 dollardan oshdi
Bu holat AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Eronga qo‘yilgan muddat yaqinlashayotgani bilan izohlanmoqda, deb yozdi “Reuters” nashri.
Ta’kidlanishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi investorlar kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Eron tomonidan strategik ahamiyatga ega Hurmuz bo‘g‘ozi yopilishi jahon energiya bozoriga bosimni jiddiy kuchaytirdi.
Qayd etilishicha, global bozorda hozirda ehtiyotkorlik kayfiyati ustun. Yevropa aksiya bozori deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlarda pasayish qayd etilgan. Dollar mustahkamlanib, investorlar uchun xavfsiz aktiv sifatida saqlanmoqda.
Iqtisodchilar fikricha, vaziyat inflyatsiya bosimini kuchaytirishi mumkin. AQSHda xizmatlar sohasida o‘sish sekinlashgani va narxlar so‘nggi 13 yildagi eng yuqori sur’atda oshgani qayd etilgan.
D.Hakimov, O‘zA