Respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Sport vaziri A.Ikromov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva, Paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Toshxo‘jayevga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Prezidentimiz bugun para sportchilarimiz erishayotgan natijalarda ularga tun-u kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta’kidladi.
Endilikda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi.
O‘zA