«Real» futbolchilari o'ziga raqam tanladi
Jamoada qolayotgan futbolchilar orasida ham raqamlar bo‘yicha o‘zgarishlar yuz berdi.
Madridning «Real» klubi 2026/27-yilgi mavsum oldidan tarkibdagi futbolchilarning o‘yin raqamlarini ma’lum qildi.
Yozgi transferlar orqali jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilar orasida Ibraima Konate 16-raqam bilan maydonga tushadi. Mark Kukurelya 17, Denzel Dumfris esa 24-raqamni tanladi.
Yarim himoyadagi yangi futbolchilardan Bernardu Silva 20-raqamda o‘ynaydi. Yan Diomandega 25-raqam, Karlos Espiga esa 19-raqam berildi.
Jamoada qolayotgan futbolchilar orasida ham raqamlar bo‘yicha o‘zgarishlar yuz berdi. Raul Asensio Daniel Karvaxalning ketishidan keyin bo‘shagan 2-raqamni oldi. Din Xyoysen esa avval David Alabaga tegishli bo‘lgan 4-raqam bilan harakat qiladi.
«Lion»dagi ijara muddatini yakunlab, Madrid klubiga qaytgan Endrik esa yana 9-raqamni kiydi.
Ispaniya La Ligasi yangi mavsumini 15-avgust kuni boshlaydi. «Real» chempionatdagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni «Espanyol»ga qarshi o‘tkazishi belgilangan.