«Manchester Siti» Frenki de Yongga qiziqish bildirmoqda
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, De Yongning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti»ning transfer nishoniga aylandi. The Touchline jurnalist Xose Alvaresga tayanib xabar berishicha, ingliz klubi 29 yoshli futbolchi bo‘yicha kataloniyaliklarga so‘rov yuborgan.
«Manchester Siti» transfer oynasi yopilishidan oldin niderlandiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
De Yong jarohati sabab mavsumni o‘tkazib yubormoqda. Prognozlarga ko‘ra, uning maydonga qaytishi kuz oxirlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Yaqinda «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni jamoa sardorlari ro‘yxatidan chiqarib tashlagandi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, De Yongning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi o‘tgan yilning kuzida «Barselona» bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytirgan.