Qo‘qonda Navro‘z bayrami keng nishonlandi
FOTOREPORTAJ
Qo‘qon shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan keng ko‘lamli xalq sayli tashkil etildi.
Yoshlar bog‘ida mahallalar, ta’lim muassasalari hamda idora va tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarda milliy qadriyatlar, Navro‘z shukuhi va bahor tarovati namoyon etildi. Hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy sport musobaqalari va kitob yarmarkalariga minglab fuqarolar va shahar mehmonlari tashrif buyurdi.
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ishtirok etib, hunarmandchilik va milliy taomlar ko‘rgazmalari, teatrlashtirilgan dasturlar bilan tanishdi.
Tadbir doirasida konsert dasturi tashkil etildi. Unda san’atkorlar ishtirokida kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
[gallery-28276]
Bayram tadbirlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, Navro‘zning fayz va tarovatini yana bir bor namoyon etdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA