Qishda daraxt ekish mumkinmi?
Odamlar daraxt ekish mavsumini bahor bilan bog‘laydilar.
Axir, aynan shu faslda butun tabiat uyg‘onadi va o‘simliklar tuproqdan ozuqa oladi. Biroq bu yosh ko‘chatlar uchun mos keladi.
⠀Qishda katta hajmdagi o‘simliklar ekiladi: tilag‘och, qoraqarag‘ay, qarag‘ay, chetan, jo‘ka, qayin, chinor, terak va qayrag‘och navlari. Ushbu daraxtlar shakllanib bo‘lgan ildiz tizimiga va shox-shabbaga egadirlar.
⠀Sovuq mavsumda daraxtlar qish uyqusida ketadi — ulardagi barcha jarayonlar sekinlashadi. Bahorda ushbu jarayonlar qayta ishga tushirilgani sababli, yaxshisi ularni tegmagan ma’qul.
⠀ Ushbu muolaja uchun ko‘chatlar ko‘chatxonadan olinadi. Ular yaxshi shakllangan ildiz tizimiga ega bo‘ladilar.
⠀Ushbu qishda ekilgan daraxtlar bahor kelganda o‘zining yashil shox-shabbalari bilan shaharga ko‘rk bag‘ishlaydi.