Qarshida zamonaviy reabilitatsiya markazi faoliyat yuritmoqda
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan reabilitatsiya va protezlash markazining 96 o‘rinli zamonaviy binosi faoliyat yuritmoqda.
Markazda tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari kompleks tarzda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini tiklash, jamiyatga moslashuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Muassasa 56 turdagi 180 dan ortiq zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda TMS, EEG, ENMG, ultratovush tekshiruvi, EKG, fizioterapiya, davolash jismoniy mashqlari, ergoterapiya va boshqa xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy adaptatsiya va sensor xonalari ham tashkil etilgan.
Markazda multidissiplinar jamoa faoliyat yuritib, har bir bemor uchun individual reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi.
[gallery-28768]
Joriy yilning birinchi choragida markazda 500 dan ortiq bemor statsionar sharoitda reabilitatsiyadan o‘tkazildi. Ambulator xizmatlar ham izchil tashkil etilgan.
Shu bilan birga, elektron yo‘llanma tizimi va telereabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA