Qardosh mamlakatlar yoshlarining do‘stlik forumi
Ayni kunlarda O‘zbekiston va Tojikiston yoshlar tashkilotlarining forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoshlar ijod saroyida ushbu forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qator sessiyalarda ikki davlat yoshlar tashkilotlari vakillari o‘zlarining qiziqarli taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Xususan, sessiyalar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Tojikiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, IT Park Uzbekistan va IT Park Dushanbe kabi tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyati va istiqbolli takliflari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.





Forumdagi eng muhim voqealardan biri — ikki mamlakat o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan yoshlar tashkilotlari tashabbuslari va loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha maxsus “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA