“Prezident olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha saralash musobaqalari o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi majmuasida o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha “Prezident olimpiadasi”ning saralash musobaqalari boshlandi.
Musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar A, V, S va D guruhlarga bo‘lingan holda guruh bosqichida o‘zaro bellashmoqda. Saralash bahslari yosh sportchilarning mahorati, jamoaviy o‘yin saviyasi va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish bilan birga, iqtidorli gandbolchilarni aniqlashga ham xizmat qiladi.
Saralash bosqichining ilk kunida Toshkent shahri – Samarqand, Navoiy – Jizzax, Andijon – Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Toshkent viloyati, Sirdaryo – Qashqadaryo, Buxoro – Namangan jamoalari o‘rtasida qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa dasturiga muvofiq, 6-iyulga qadar davom etadigan saralash bahslarida guruh bosqichida yuqori natija qayd etgan eng kuchli jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
[gallery-30246]
“Prezident olimpiadasi” yoshlarni sportga keng jalb etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgan muhim musobaqalardan biri hisoblanadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA