Poytaxtimiz yangilanish jarayonida
Toshkent shahar hokimligida poytaxtimizda yagona dizayn-kodni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda dizayn-kod konsepsiyasi, uning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati taqdim etildi. Tadbirda shahar muhitini yaxlit, estetik va tartibli shakllantirish, tashqi ko‘rinish, peshlavha va reklama joylashtirish, fasadlar va jamoat makonlarini tartibga solish bo‘yicha asosiy yondashuvlar muhokama qilindi.

Shuningdek, dizayn-kodni ishlab chiqish asoslari, uni joriy etish bosqichlari va mexanizmlari, tarixiy muhitni saqlash, obodonlashtirish standartlari hamda jamoat makonlarini rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida jurnalistlar, jamoatchilik vakillari va biznes hamjamiyati tomonidan takliflar bildirildi.
Bildirilgan fikrlar kelgusidagi ish jarayonida inobatga olinishi ta’kidlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA