Pedagoglar sudda davlat bojidan ozod etiladimi?
Konstitutsiyamizning 52-moddasiga ko‘ra, mamlakatimizda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayeva quyidagicha tushuncha bedri.
–O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra, pedagoglar davlat bojidan ozod etiladi. "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunning 8-modda 5-prim 2-bandiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan davlat bojidan ozod etiladi.
Ushbu qonunning 10-moddasi 19-bandiga ko‘ra, pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudga shikoyat qilganda davlat bojidan ozod etiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA