Para stol tennischimiz Qozog‘istonda muvaffaqiyatga erishdi
Qozog‘istonda 30 ga yaqin mamlakatning 165 nafar para stol tennischilari bahs olib borgan "World Para Future Aktobe 2026” xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
Xalqaro turnirning 8-klass dasturidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Sunnatillo Murodullayev saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Yarim final o‘yinlarida xorvatiyalik Borna Zoxil va polshalik Mateush Glovshikka yo‘l bergan S.Murodullayev bronza medali bilan kifoyalandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA