O‘zbekistonning JCh-2026 dagi barcha raqiblari ma’lum: Kongo DR so‘nggi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Kongo DR terma jamoasi JCh-2026 pley-off bahsida Yamayka jamoasi ustidan 1:0 (qo‘shimcha vaqtlarda) hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Meksikadagi "Estadio Akron" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Asosiy vaqtda gollar urilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda yagona golga Aksel Tuanzebe (101-daqiqada) mualliflik qildi.
Kongo DR terma jamoasi AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCh-2026 ning "K" guruhida Portugaliya, O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalari bilan birga bahs olib boradi.