Ugo Lyoris jahon chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga qaytishi mumkin
Lyoris 2023-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgan edi.
Ajoyib sport formasida bo‘lib turgan Ugo Lyoris yana jahon chempionatida ko‘rinish berish ehtimoli bor.
Fransiya terma jamoasi sobiq posboni Ugo Lyoris joriy yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati munosabati terma jamoaga qaytishi mumkin. Bu haqida, Fransiyaning "L’Equipe" nashri xabar bermoqda, Lyoris 2023-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgan edi. Ayni vaqtda "uch ranglilar" ustozi Didiye Desham asosiy posbon bo‘lib turgan Mayk Menyanga boshqa ishonch bildirmoqchi emas. Bundan tashqari, Lyuka Shevalega ham ishonch yo‘q deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ugo Lyoris Fransiya terma jamoasi libosida 145ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan.