O‘zbekistonda meva va rezavorlar hosili qariyb 3,5 million tonnaga yetgan
Meva va rezavorlar yetishtirish nafaqat aholini tarkibiy ozuqaviy mahsulotlar bilan ta’minlash, balki qishloq xo‘jaligi sohasida barqaror iqtisodiy o‘sishni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Ular mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish, aholi daromadini ko‘paytirish va ish o‘rinlari yaratishda ham hissa qo‘shadi.
Shuningdek, rezavorlar turli vitamini va minerallarga boy bo‘lgani tufayli sog‘lom oziq-ovqat tarkibini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2025-yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 479 624 tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilining mos davriga nisbatan 6,4 foizga o‘sdi.
Hududlar kesimida yetishtirilgan meva va rezavorlar hajmi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 79 975 tonna
Andijon viloyati – 751 887 tonna
Buxoro viloyati – 312 996 tonna
Jizzax viloyati – 111 228 tonna
Qashqadaryo viloyati – 215 248 tonna
Navoiy viloyati – 114 021 tonna
Namangan viloyati – 416 146 tonna
Samarqand viloyati – 408 356 tonna
Surxondaryo viloyati – 194 837 tonna
Sirdaryo viloyati – 51 577 tonna
Toshkent viloyati – 159 493 tonna
Farg‘ona viloyati – 472 969 tonna
Xorazm viloyati – 189 940 tonna
Toshkent shahri – 951 tonna
2025-yilda meva va rezavorlar hosilida kuzatilgan o‘sish mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi salohiyatining yanada rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA