O‘zbekiston Portugaliyaga bosh og‘riq bo‘ladi
O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining debyut mundialining o‘zidayoq juda kuchli guruhdan joy oldi.
"Spartak" klubi sobiq himoyachisi Valeri Kechinov O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘lajak jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
"O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining debyut mundialining o‘zidayoq juda kuchli guruhdan joy oldi. Bu yerda ikkita aniq favorit bor - Portugaliya va Kolumbiya. Lekin o‘ylaymanki, O‘zbekiston ularning asabini buzadi va bosh og‘riq bo‘ladi", - dedi Kechinov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jahon chempionatining "K" guruhidan joy olgan va Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari bilan bahs olib boradi.