Janni Infantino Eron terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishini tasdiqladi
Albatta, Eron terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etadi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Eron milliy terma jamoasining bo‘lajak mundialda ishtirok etishini ma’lum qildi.
"Albatta, Eron terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etadi. Jamoa AQShda o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Sababi oddiy, odamlarga birga bo‘lishi uchun biz birlashishimiz kerak. Bizning mas’uliyatimiz mana shunda. Dunyo futbol orqali birlashmoqda", - dedi Infantino.
Avvalroq AQSH prezidentining maxsus vakili Eron terma jamoasini ketma-ket uchinchi marta mundialga chiqa olmagan Italiya terma jamoasi bilan almashtirishni taklif qilgan edi.
Ma’lumot uchun, forslar jahon chempionatining guruh bosqichida, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi.