O‘zbekiston: Jahon turizmida yangi markaz(+video)
O‘zbekiston ilk bor yirik xalqaro tadbirga mezbonlik qilib, jahon turizm xaritasida o‘ziga xos o‘rin egallamoqda. Mamlakatning sayyohlik sohasidagi jadal o‘sishi ortida muhim omillar turibdi.
Ilgari Turkiya, Misr va Viyetnam kabi davlatlarda o‘tgan tadbirga bu yil O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qildi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan 7 ta sayyohlik yo‘nalishidan biriga aylangan bo‘lib, joriy yilda 8 milliondan ortiq xorijiy turist yurtimizga kelgan. Sohani qo‘llab-quvvatlash uchun mehmonxona qurishga 50 mln dollar ajratilib, soliq va bojxona imtiyozlari 2030-yilgacha uzaytirildi.
Tadbir doirasida Kanada va Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. Mehmonlar endi Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab sayohat qilishadi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Salimjon Obidjonov, Oybek Doniyorov, O‘zA