Özbekiston hududi orqali tranzit yuk taşiş hajmi ortmoqda
Sönggi yillarda geosiyosiy vaziyat taʼsirida xalqaro transport yönalişlarida ham muayyan özgarişlar yuzaga kelmoqda. Bu borada mamlakatimiz çegara postlari faoliyatini takomillaştiriş, qöşni davlatlar bilan hamkorlikdagi çora-tadbirlarni köriş, savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida xalqaro yuk taşuvlari uzluksizligini taʼminlaş muhim ahamiyatga ega.
Özbekiston va Turkmaniston bojxona xizmatlari vakillari örtasida videokonferensiya şaklida uçraşuv bölib ötdi. Unda Özbekiston va Turkmaniston bojxona xizmatlari çegara postlarining ötkazuvçanligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi Raisining birinçi örinbosari Ğayrat Nasirov hamda Turkmaniston Davlat bojxona xizmati Raisi örinbosari Dovlet Bayriyev iştirokida ötgan muloqot davomida ikki davlat örtasidagi xalqaro avtomobil taşuvlarini yanada jadallaştiriş, xususan, "Olot" (Özbekiston) – "Farab" (Turkmaniston) çegara bojxona postlarining ötkazuvçanlik imkoniyatlarini töliq işga soliş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Qayd etilganidek, 2024-yilda mazkur postlar orqali bir sutkada örtaça 530 ta yuk avtomobili ötkazilgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 700 tani taşkil etgan. 2026-yilning 10 oyida esa örtaça sutkalik körsatkiç yana 11 foizga oşib, 780 taga yetgan. Birgina 27-oktabr – 2-noyabr kunlari davomida post orqali bir sutkada örtaça 1000 ta yuk avtomobili harakati taʼminlangan. 17-oktabr kuni esa bu körsatkiç qariyb 1200 tani taşkil etgan.
Muloqotda Özbekiston hududi orqali tranzit yuk taşiş hajmining ortib borayotgani qayd etildi. Jumladan, hozirda «Olot» posti orqali Turkmaniston yönalişida bir sutkada örtaça 165 ta tranzit yuk avtomobili ötkazilmoqda. Bu 2024-yildagi körsatkiçdan uç barobar köpdir.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va transport vositalari harakatini yanada jadallaştiriş maqsadida Özbekiston tomoni bir qator takliflarni ilgari surdi. Yakunda özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş va çegara bojxona postlarining ötkazuvçanlik salohiyatini oşiriş borasida birgalikda iş olib borişga kelişib olindi.
M.Komilova, ÖzA