Yer qaʼridan foydalaniş böyiça ön oylik natijalar qanday?
Yer osti boyliklari mamlakatimizning muhim tabiiy resurslari va iqtisodiy salohiyatining bir qismi hisoblanadi. Ularni izlaş, örganiş va samarali özlaştiriş jarayonlarini zamon talablariga mos ravişda taşkil etiş esa soha oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Bugungi kunda bu yönalişda ruxsatnomalar beriş tartibini soddalaştiriş, tadbirkorlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş, auksion savdolarida oçiqlikni taʼminlaş va geologik maʼlumotlardan foydalanişni osonlaştirişga qaratilgan işlar amalga oşirilmoqda.
Eng muhimi, uşbu jarayonlarda raqamli texnologiyalardan foydalaniş kengayib, yer qaʼridan foydalaniş tizimida şaffoflik va samaradorlikni oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar bugun Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida soha mutasaddilari tomonidan sarhisob qilindi.
Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tizimosti "Yer qaʼridan foydalaniş markazi" davlat muassasasi hamkorligida taşkil etilgan uşbu tadbirda mutasaddilar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tadbirkorlar iştirok etdi.

Tadbirda vazirlikning Kon-geologiya nazorati va noruda xomaşyosi bölimi boşliği Bahodir Rahimov, "Yer qaʼridan foydalaniş markazi" DM direktori örinbosari Feruz Badalov va boşqalar sözga çiqib, sohadagi islohotlar, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda tadbirkorlik uçun yaratilayotgan imkoniyatlarga töxtaldi.
Taʼkidlanganidek, yer qaʼridan foydalaniş jarayonlarini şaffof va qulay taşkil etiş, tadbirkorlar uçun ortiqça maʼmuriy tösiqlarni kamaytiriş hamda davlat xizmatlari sifatini oşiriş ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Buning uçun elektron auksionlar, raqamli platformalar va geologik maʼlumotlar bazasini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
"Yer qaʼridan foydalaniş markazi" DM direktorining örinbosari Feruz Badalov 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida amalga oşirilgan işlar natijalari haqida töxtalar ekan, yer qaʼridan oqilona foydalaniş, auksion savdolari şaffofligini taʼminlaş, ruxsatnoma şartlari ijrosini nazorat qiliş va davlat xizmatlarini raqamlaştiriş Markazning ustuvor vazifalari ekanini taʼkidladi.

– Hisobot davrida yer qaʼridan foydalaniş huquqini beriş böyiça 432 ta ruxsatnoma rasmiylaştirildi. Tadbirkorlik subʼektlarini sohaga jalb etiş maqsadida 303 ta kon va istiqbolli maydon onlayn-auksionga çiqarilib, ularning 169 tasi jami 446 milliard sömga realizatsiya qilindi. Bundan taşqari, oltin izlovçilar usulida qazib oliş uçun 50 ta ruxsatnoma berildi. Ruxsatnoma şartlariga rioya etilişini nazorat qiliş doirasida "Xavfni tahlil qiliş" axborot tizimi orqali 1 859 ta ogohlantiriş xati yuborildi.
Geologik loyihalarni ekspertizadan ötkaziş böyiça 331 ta xulosa taqdim etildi. Şuningdek, 42 ming gektar yer maydonining toifasi "sanoat" toifasiga özgartirilib, 2 427 ta kon va istiqbolli maydon haqidagi maʼlumotlar Davlat kadastrlarining yagona tizimiga integratsiya qilindi. Geologik maʼlumotlar bazasini boyitiş maqsadida 252 ta hisobot qabul qilinib, 84 ta xalqaro va xorijiy standart davlat tiliga tarjima qilindi, – dedi F.Badalov.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-104-son qaroriga muvofiq, geologik loyihalarni ekspertizadan ötkaziş vakolati mazkur taşkilotga ötkazilgan. Bu esa uşbu jarayonlarni markazlaştiriş, tadbirkorlik subʼektlariga loyihalarni tayyorlaş va ekspertizadan ötkaziş böyiça amaliy yordam körsatiş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Raqamlaştiriş yönalişida "Geomonitoring" axborot tizimini takomillaştiriş işlari davom ettirilmoqda. Jumladan, auksion natijalari böyiça ruxsatnomalarni "licenses.uz" platformasi orqali rasmiylaştiriş yölga qöyilib, mazkur tizim "Geomonitoring" bilan integratsiya qilingan.
Tadbirkorlarga xizmat körsatiş doirasida "Front office" orqali 169 ta subʼektga amaliy yordam berilgan, "1356" Call-markaziga kelib tuşgan 743 ta murojaat körib çiqilgan.
Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar va tadbirkorlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA