O‘zbekiston bilyard sporti federatsiyasi IPCga a’zo bo‘ldi
Xalqaro piramida konfederatsiyasi(IPC)ning yil yakunlari va 2025 yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston bilyard sporti federatsiyasi ushbu tashkilotning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi.
Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi o‘zbekistonlik bilyardchilarga xalqaro standartlar va qoidalardan foydalanish, bilyardning ushbu yo‘nalishida o‘tadigan jahon chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini taqdim etadi...

Shuningdek, IPCga a’zolik O‘zbekistonda bilyardning piramida yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnirlarni tashkil etish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Bundan tashqari, trenerlar, hakamlar va sportchilar uchun o‘quv dasturlari va metodik materiallarga kirish imkoniyati yaratilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA