Oyda yashiringan trillionlar: Nega hamma Oyni egallashga shoshilmoqda? (+video)
Oxirgi vaqtda yangiliklar tasmasini kuzatsangiz, ajabtovur manzaraga guvoh bo‘lasiz: AQSH, Xitoy, Hindiston va hatto xususiy kompaniyalar birin-ketin Oyga o‘z qurilmalarini uchiryapti.
Nega insoniyat yarim asrlik tanaffusdan so‘ng yana Oyni zabt etishga shoshilmoqda? Axir havo va suv yo‘q sovuq samoviy jismda insoniyatni nima qiziqtiryapti?
Gap faqat ilmiy tadqiqot yoki koinotni o‘rganish haqida emas. Oy tuprog‘ida kelajak energetikasi uchun muhim Geliy-3, qutb hududida esa ulkan miqdorda muz mavjudligi aniqlangan. Bu resurslar kelajakda energiya ishlab chiqarish, fazoviy kema uchun yonilg‘i tayyorlash va hatto Marsga parvoz qilish uchun strategik ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ayni payt AQSH va Xitoy boshchiligida Oyni tadqiq qilish bo‘yicha ulkan kosmik dasturlar amalga oshirilmoqda. Hindistonning “Chandrayan-3” missiyasi Janubiy qutb yaqiniga qo‘ndi, Xitoyning “Chan’e-6” apparati Yerdan ko‘rinmaydigan orqa tomondan tuproq namunasi olib qaytdi. Xususiy kompaniyalar ham poygada tobora faol ishtirok etmoqda.
Xo‘sh, Oydagi resurslar kimga tegishli? Hech bir davlat o‘z hududi deya e’lon qila olmasa, tabiiy yo‘ldoshimiz sahnidagi boylikni kim qazib oladi? Kelajakda davlatlar o‘rtasidagi ayni raqobat kuchayadimi?
Oy uchun yangi poyga, ulkan resurs va kelgusi qadamlar haqida batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.
F.Yaxshiboyeva,
U.To‘xtayev (video),
O‘zA