Ötmişdagi yutuqlar bugungi kamçiliklarni oqlay olmaydi
Superliganing yakuniy bosqiçida “Söğdiyona” professional futbol klubining natijalari tobora taşvişli tus olmoqda. Jamoa nafaqat oçko yöqotmoqda, balki maydonda ham avvalgi öyin uslubi, taşabbuskorlik va ğalabaga bölgan işonçni namoyiş eta olmayapti. “Buxoro” bilan öz maydonida qayd etilgan durang esa bu muammolar tasodifiy emasligini yana bir bor körsatdi.
Zominda ötkazilgan uçraşuvning dastlabki daqiqalaridanoq mehmonlar faollikni qölga olişga intildi. Yettinçi daqiqada “Buxoro” yarim himoyaçisi Şahboz Jörabekov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan köp ötmay, öninçi daqiqada Timur Mamasidiqovda ham hisobni oçiş imkoniyati paydo böldi. Biroq uning zarbasi ham natija keltirmadi.
Öz maydonida öynayotgan “Söğdiyona” raqibning bunday faolligiga munosib javob qaytara olmadi. Aksinça, qarşi hujumlarda “Buxoro” ança xavfli körindi. Mezbonlar darvozaboni Milan Mitroviç bir neça bor jiddiy sinovdan ötdi. 22-daqiqada esa mehmonlar posboni Umidjon Hamroyev ham jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.
31-daqiqada mezbonlar darvozaboni Milan Mitroviç jarohat olib, maydonni tark etişga majbur böldi. Uning örniga Şohrux Isoqov tuşdi va darvozani qöriqlaşni davom ettirdi. Yangi posbon ham dastlabki daqiqalardanoq jiddiy sinovdan ötdi. Birinçi bölim oxiriga kelib, mezbonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlar köpaydi. Bu esa “Buxoro” hujumlaridagi ötkirlik bilan birga, “Söğdiyona” himoyasidagi beqarorlikni ham namoyon etdi.

Umuman, birinçi bölimda maydon egalari raqibga öz öyinini ötkaza olmadi. Hujumlarning yakuniy qismidagi aniqlik yetişmasligi ham ikki jamoaning hisobni oçişiga tösqinlik qildi. Tanaffusgaça tabloda nolli durang saqlanib qoldi.
Ikkinçi bölimda Uluğbek Baqoyev şogirdlari taşabbusni qölga olişga urindi. Ammo niyat bilan amaldagi ijro örtasidagi tafovut köp ötmay yana bir bor körindi. 57-daqiqada mehmonlar öz imkoniyatidan unumli foydalandi. Asadbek Jöraboyevning zarbasidan qaytgan töpni Timur Mamasidiqov darvozaga joyladi. Şu tariqa “Buxoro” hisobda oldinga çiqib oldi – 0:1.
Ötkazib yuborilgan gol mezbonlar uçun jiddiy ogohlantiriş bölişi kerak edi. Baqoyev jamoasi hujumdagi harakatlarni kuçaytirdi, zaxiradagi futbolçilarga imkoniyat berdi. 59-daqiqada Samandarjon Mavlonqulovning zarbasini mezbonlar darvozaboni Umidjon Hamroyev qaytardi. Biroq bu urinişlar hali jamoaning öyinida tub buriliş yuz berganini anglatmasdi.

63-daqiqada Petar Miçin va Jamşid Boltaboyev örniga Zenan Zaymoviç hamda Nodirjon Soyibov maydonga tuşdi. Keyinroq Javohir Qahramonov örnini Sardor Jamolov egalladi. Murabbiyning bu qarorlari hujum çiziğini kuçaytirişga qaratilgan edi. Ammo almaştirişlardan keyin ham “Söğdiyona” raqib himoyasini izçil bosim ostida uşlab turişga qiynaldi.
73-daqiqada Lyupço Doriyev Xondamir Mustafoqulovga qulay vaziyat yaratib berdi. Lekin raqib himoyaçilari zarbaning yölini tösdi. Mezbonlar hisobni tenglaştiriş uçun harakat qilgan bölsa-da, hujumlardagi yakuniy aniqlik hamon yetişmasdi. Öz maydonida öynayotgan jamoaning öyin davomida raqibdan yaqqol ustunlikni tortib ola olmagani esa çuqurroq öylab körilişi lozim bölgan masala.
Vaqt ötişi bilan “Buxoro” hisobni saqlaşga, jizzaxliklar esa mağlubiyatdan qutulişga intildi. Muxlislarning durangga bölgan umidi ham söna boşlagan bir paytda, 90-daqiqada kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. Lyupço Doriyevning burçakdan uzatmasini Şohruz Kamolov boşi bilan darvozaga yönaltirdi. Zaxiradan maydonga tuşgan futbolçining aniq zarbasi hisobni tenglaştirdi – 1:1.

Qöşib berilgan daqiqalarda ham keskinlik pasaymadi. Uçraşuvning sönggi lahzalarida Ollobergan Karimov qizil kartoçka bilan jazolandi. Boş hakam Akobirxöja Şukurullayev uni raqib futbolçisi oyoğini ataylab, jarohat yetkaziş maqsadida bosgan deb hisobladi.
Şu tariqa uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi. Biroq bu natijani “Söğdiyona” uçun muvaffaqiyat deb baholaş qiyin. Zero, öz maydonida ğalaba uçun öynaşi kerak bölgan jamoa raqibning ustunligiga bardoş berib, faqat uçraşuv yakunida hisobni tenglaştira oldi,xolos.
Matbuot anjumanida “Söğdiyona” boş murabbiyi Uluğbek Baqoyev natijani jamoa uçun muhim oçko sifatida baholadi. Uning taʼkidlaşiça, birinçi bölimdagi öyin surʼati qoniqarli bölmagan. Ikkinçi bölimda esa raqib golidan keyin jamoa hujumga köproq eʼtibor qaratgan.
“Menimça, biz golga loyiq edik. Yutqazib turgan joyimizda bir oçkoni qölga kiritişimiz muvaffaqiyat”, dedi “Söğdiyona” boş murabbiyi.

Mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov esa qöldan boy berilgan ğalabadan afsusda ekanini yaşirmadi. Uning fikriça, “Buxoro” uçraşuv davomida taşabbusni köproq nazorat qilgan. Ayniqsa, ikkinçi bölimda jamoa raqibga bosim ötkazib, bir qator qulay vaziyatlar yaratgan.
“Bunday öyinda ğalaba qozona olmaganimizdan xafamiz. Biz raqibni bosimda uşlab, ustunlikka ega bölayotgandik”, dedi Aleksandr Xomyakov.
Murabbiyning taʼkidlaşiça, burçak zarbasidan keyin 90-daqiqada ötkazib yuborilgan gol jamoa uçun kutilmagan holat bölgan. U bu natijani keyingi uçraşuvlarda hisobga olinadigan saboq sifatida qabul qilişini bildirdi.

Ikki murabbiyning fikrlarida ham öziga xos haqiqat bor. “Buxoro” ğalabaga yaqin turgan holda ikki oçkodan mahrum böldi. “Söğdiyona” esa sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qoldi. Ammo Baqoyevning bir oçkoni muvaffaqiyat sifatida baholaşi jamoadagi jiddiy muammolarni ikkinçi öringa surmasligi kerak. Çunki durang natijasi öyin sifatidagi kamçiliklarni bartaraf etmaydi.
Ayniqsa, jizzaxliklarning hozirgi harakatlarida avvalgi mavsumlardagi şiddat, özaro hamjihatlik va natija uçun kuraşişdagi işonç sezilmayapti. Bir neça yil muqaddam Baqoyev rahbarligida vitse-çempionlikka erişgan jamoaning bugun turnir jadvalida 11-poğonada qolib ketişi tasodifiy omadsizlikdan köra çuqurroq muammolar borligini körsatadi.
Çempionatning tugaşiga tört tur qolgani vaziyatni yanada murakkablaştiradi. “Söğdiyona”ni oldinda jiddiy sinovlar kutmoqda. 27-turda jizzaxliklar Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Keyin Qöqonga safar qilib, “Qöqon-1912” bilan kuç sinaşadi. Undan söng “Navbahor”ga qarşi maydonga çiqadi. Çempionatni esa Toşkentda “Paxtakor”ga qarşi uçraşuv bilan yakunlaydi.

Bu raqiblarning har biriga qarşi kuraşiş uçun jamoadan nafaqat yuqori jismoniy tayyorgarlik, balki aniq taktik reja va qatʼiy öyin intizomi ham talab etiladi. Ayniqsa, himoyadagi xatolarni kamaytiriş, hujumlarning yakuniy nuqtasida aniqlikni oşiriş zarur. Zaxiradan tuşayotgan futbolçilarning natijaga taʼsir körsatayotgani esa tarkib imkoniyatlaridan töğri foydalaniş muhimligini körsatmoqda. Biroq bu imkoniyatlar asosiy tarkibdagi barqarorlikning örnini bosa olmaydi.
Turnir jadvalida yana bir poğona pastlaş “Söğdiyona”ni Superligada qoliş uçun ötiş uçraşuvlarida qatnaşiş xavfiga yaqinlaştiradi. Demak, qolgan bahslarda oçko yöqotiş jamoa uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Endi har bir uçraşuvdagi xatoning bahosi yanada qimmatga tuşadi.
Bir paytlar çempionlik uçun kuraşgan klubning bugungi ahvoli futbol muxlislarini öylantirmasdan qolmaydi. Muammo faqat omadsiz natijalarda emas, balki jamoaning maydondagi öyinida ham. “Söğdiyona”da avvalgi ğalabalarga yetaklagan işonç, taşabbus va barqarorlikni tiklaş zarurati bor. Bu esa, birinçi navbatda, boş murabbiydan aniq qarorlar va qolgan bahslarda sezilarli özgariş talab qiladi.

Baqoyev şogirdlari mavsumning sönggi tört uçraşuvida vaziyatni önglay oladimi? Yoki jamoa yilni yana bir omadsiz mavsum sifatida yakunlaydimi? Hozirça bu savollarga javob yöq. Ammo bir narsa aniq: ötmişdagi yutuqlar bugungi kamçiliklarni oqlay olmaydi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri