Şaxmat: Gukeş-Sindorov “jangi” doirasida Jenevada qanday tadbirlar ötkaziladi?
Yana 20 kundan söng Şveysariyaning Jeneva şahrida Gukeş Dommaraju va hamyurtimiz Javohir Sindorov örtasida Jahon çempioni toji va unvoni uçun kuraş boşlanadi.
Kuni keça Xalqaro şaxmat federatsiyasi joriy yil 22-noyabr - 12-dekabr kunlari bölib ötadigan mazkur musobaqa yilning eng muhim şaxmat tadbiri ekani munosabati bilan çempionat doirasidagi dasturlar tizimini eʼlon qildi.
Uç hafta davomidagi Gukeş-Sindorov “jangi” nafaqat professional şaxmatning çöqqisi, balki muxlislarni, şaxmat dunyosini bir maydonga jamlaydigan global musobaqa sanaladiki, uning doirasida bir qator tadbirlar uyuştirilişi nazarda tutilmoqda.
Jenevada keçadigan asosiy bahslarni kuzatiş uçun kelgan işqibozlar taniqli grossmeysterlar, sobiq jahon çempionlari bilan uçraşib, muloqot qiliş, blits turnirlarda qatnaşiş imkoniga ega bölişadi.

Musobaqalarni bevosita kuzatiş uçun kelgan tomoşabinlar sobiq jahon çempioni Vişvanatan Anand yoki ayollar şaxmatining eng nomdor vakillaridan biri Aleksandra Kostenyuk bilan dona surişi, suhbatlaşişi mumkin böladi.
Şuningdek, Jahon şaxmat toji uçun ötkaziladigan musobaqalar dasturidan grossmeysterlar Aniş Giri, Anna Muziçuk, Yannik Pelletiyer singari nomdorlar bilan muloqot qiliş hududlari taşkil etilişi belgilangan.
Bundan taşqari, turli köngiloçar dasturlar, milliy va jahon ahamiyatiga doir körgazmalar jahon çempioni Gukeş Dommaraju va hamyurtimiz Javohir Sindorov bahsining yanada qiziqarli va sermahsul ötişini taʼminlaşi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, klassik yönalişda ötkaziladigan 14 ta turdan iborat çempionlik musobaqasining umumiy mukofot jamğarmasi 2,5 million dollardan iborat bölib, ğoliblikka erişgan şaxmatçi 1,3 million, vitse-çempion esa 1,2 million bilan taqdirlanadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA