Ot yo‘rttirish bo‘yicha mamlakat chempionati davom etmoqda
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sport klubida ot yo‘rttirish yo‘nalishi bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida chavandozlar jamoaviy sovrin bo‘yicha raqobatlashdi. Unda kichik o‘smirlar toifasida So‘g‘diyona Ahmedova “Eshton Valey” tulporida oltin, “Layana” laqabli otida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Saidanasxon Saidolimov esa “Yavuz Xan” oti bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘smirlar orasida Arina Panova “Senator” va “Levantos” tulporlarida oltin va bronza, Aylin Abdullayeva esa “Sanlit Hellas” otida kumush medalli bo‘ldi. Yoshlar orasida Kseniya Rahmatullayeva (May Kvik Eps Ji), Sofiya Uma Butovchenko (Monshof’s Red Diamond), Mariya G‘afurova (Jizel) shohsupaga ko‘tarildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA