Ostimizdagi qalqishlar: Yer nega qimirlaydi? Zilzilani oldindan bilish mumkinmi? (+video)
Zilzilani oldindan bilish yoki uning aniq vaqtini belgilash bugungi ilm-fan oldidagi eng murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Biroq zamonaviy texnologiyalar seysmik xavf oqibatlarini kamaytirishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Ana shunday yechimlardan biri bu O‘zbekistonda test rejimida ishga tushirilgan zilzila haqida soniyalar oldin ogohlantirish imkonini beruvchi milliy platformadir.
Mazkur paltforma zilzila o‘chog‘idan qayd etilgan seysmik to‘lqinlar haqidagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilib, yer silkinishi kuchli sezilishi mumkin bo‘lgan hududlarga oldindan ogohlantirish yuborishga mo‘ljallangan. Garchi bu tizim zilzilani kunlar yoki soatlar avval bashorat qilamsa-da, favqulodda vaziyatlarda insonlarning tezkor harakat qilishi uchun qimmatli soniyalarni taqdim etadi.
Milliy platforma qanday ishlaydi? U qaysi texnologiyalar asosida yaratilgan? Aynu kunlarda O‘zbekistonning seysmik holati qanday baholanmoqda? Qurilishda seysmik me’yorlarga qay darajada amal qilinmoqda? Favqulodda vaziyatlarda aholi qanday harakat qilishi lozim?
O‘zA ushbu savollarga javob topish maqsadida seysmolog olimlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi inspeksiyasi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Batafsil video davomida:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-ZkjqmhYc3w" title="Ostimizdagi qalqishlar: Yer nega qimirlaydi? Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Feruza Sultonova, Doniyor Yakubov,
Iskandar Ismatov, O‘zA