Oq uy Eronning JCh-2026 da ishtirok etishini kutmoqda
Amerika rasmiylari Eron terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishiga umid qilmoqda.
Bu haqda Oq uyning JCh-2026 ga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani ma’lum qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, eronliklar 10-iyun kuni AQSHga yetib kelishadi va hatto Puerto-Riko bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi.
Politico nashrining xabar berishicha, Eron terma jamoasi Tusondagi bazada mashg‘ulot o‘tkazadi. Yangi Zelandiya va Belgiya bilan o‘yinlarni Los-Anjelesda o‘tkazib, shundan so‘ng Misr bilan uchrashish uchun Sietlga yo‘l oladi.
Avvalroq Oq uy rahbari Donald Tramp Eron terma jamoasi o‘rnida bo‘lganida jahon chempionatida ishtirok etishga jur'at eta olmasligini ta’kidlagan edi. Eronning o‘zida esa fikrlar ikkiga bo‘lingan: ayrim mulozimlar milliy terma jamoa turnirga boykot e’lon qilishi kerakligini aytishsa, boshqalari unda ishtirok etish tarafdori.