OKMKda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 55 trillion sömdan oşdi
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJda 2026-yil yanvar–oktabr oylari davomida işlab çiqariş, eksport, investitsiyalarni özlaştiriş va mahalliylaştiriş yönalişlarida salmoqli natijalarga erişildi.
Xususan, hisobot davrida sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 55,0 trillion sömni taşkil etib, belgilangan prognoz körsatkiçi 127,5 foizga bajarildi.
Eksport yönalişida ham yuqori natijalar qayd etildi. Ön oy davomida umumiy qiymati 854,9 million AQŞ dollariga teng mahsulotlar eksport qilinib, prognoz körsatkiçi 160,8 foizga bajarildi.
Mahalliylaştiriş dasturi doirasida esa 1 080,1 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, prognoz körsatkiçi 102,5 foizga bajarildi. Şuningdek, operatsion xarajatlarni maqbullaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar natijasida mahsulot tannarxini kamaytiriş böyiça belgilangan körsatkiç 103,0 foizga uddalandi.
Şuningdek, 1- va 2-Mis boyitiş fabrikalarida molibden konsentrati işlab çiqariş böyiça 2026-yilga belgilangan rejalar muddatidan oldin bajarilib, prognoz körsatkiçi 101,2 foizni taşkil etdi.
Uşbu natijalarga erişişda kombinat mutaxassislarining boy tajribasi va salohiyati, işlab çiqariş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, asosiy texnologik jarayonlarni raqamlaştiriş, import örnini bosuvçi mahsulotlarni mahalliylaştiriş hamda yirik investitsiya loyihalarining amalga oşirilişi muhim omil böldi.
Ayni paytda kombinat oldida noyabr oyi, IV çorak va yil yakuni böyiça belgilangan barça prognoz körsatkiçlarini töliq bajariş, işlab çiqariş barqarorligini taʼminlaş, kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş, yonilği-moylaş materiallari zaxirasini şakllantiriş hamda mehnat xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etiş kabi ustuvor vazifalar turibdi.
OKMK Axborot xizmati