Bank foydasiga 178 million söm mablağ undirilişi taʼminlandi
Namanganda Boş prlkuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boşqarmasi tomonidan sud hamda boşqa vakolatli organlar hujjatlarining öz vaqtida va samarali ijro etilişini taʼminlaşga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda.
Masalan, yaqinda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariusning bir neçta ijro xatlari asosida qarzdor I. B. dan aksiyadorlik jamiyat şaklidagi “Anor bank” foydasiga 178 million söm qarzdorlik undirilişi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boşqarmasi alohida muhim ijro işlarini ijro etiş şöʼbasi iş yurituviga kelib tuşgan.
Davlat ijroçisi tomonidan iş qözğatilib, bankdan kredit olgan qarzdor şaxsga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravişda bajariş yuzasidan muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida tijorat banki foydasiga 178 million söm mablağ töliq undirilişi taʼminlandi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri