Nigina Faxriddinova: unutilmas tarixiy uchrashuv bo‘ldi (+video)
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyati, tashabbuskorligi va iqtidorini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazma maydonlarida yoshlarning tashabbus va g‘oyalari bilan tanishib, ular bilan muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari yoshlar tomonidan ekologiya, startaplar, muhandislik, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda san’at sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
Prezidentimiz yoshlar tomonidan ilgari surilgan loyihalar yuzasidan taqdimotlarni tinglab, ularning amaliy ahamiyati, dolzarbligi va rivojlanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqot davomida xalqaro go‘zallik va san’at tanlovlari sovrindori Nigina Faxriddinova milliy va zamonaviy uslublar uyg‘unligida yaratilgan liboslarimiz xalqaro maydonlarda katta qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi.
Batafsil quyidagi videoda
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Q309ByuPkhk?si=kl3reEkqyEqriyKP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Marhabo HOJIAKBAROVA,
Anvarxoʻja Ahmedov(video),OʻzA