“Navro‘z sadolari” festivalining g‘oliblari aniqlandi
“Turkiston” san’at saroyida “Navro‘z sadolari” milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari xalqaro musiqa festivalining yopilishi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Festival qatnashchilari ishtirokida boshlangan konsert dasturida o‘zbek va jahon kompozitorlari ijodidan namunalar ijro etildi.

Festival g‘oliblari hakamlar hay’ati qaroriga muvofiq aniqlanib, ularga diplom, statuetkalar hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.


Gran-pri mukofoti – Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “Bunyodkor yoshlar” orkestriga nasib etdi. Tadbirda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
N.Usmonova, O‘zA muxbiri