Navro‘z – abadiy barhayot bayram (+video)
Navro‘z – 3000-yildan ortiq tarixga ega, tabiat uyg‘onishi, tenglik va yangilanish ramzi bo‘lgan eng qadimiy umumxalq bayramidir. Bu bayram mehr-oqibat, birdamlik va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etib, xalqimizning asriy an’analarini avloddan-avlodga yetkazuvchi abadiy barhayot ma’naviy meros hisoblanadi.
Bu qadimiy an’ana asrlar davomida turli xalqlar orasida shakllanib, Buyuk Ipak yo‘li orqali tarqaldi. Hatto Xitoy yilnomalarida ham Markaziy Osiyo xalqlarining “Bahor bayrami” haqidagi yozuvlar uchraydi. Navro‘z hech qachon bir xalqniki bo‘lib qolmadi – u insoniyat sivilizatsiyasining muhim merosiga aylandi.
Bugungi kunda Navro‘z faqat milliy bayram emas, balki xalqaro ahamiyatga ega madaniy meros sifatida dunyoning turli burchaklarida nishonlanmoqda. YUNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi" ro‘yxatiga kiritilgani uning butun insoniyat uchun muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-iemLkh0C8g" title="Navro`z – abadiy barhayot bayram" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA